Silai rahmda shariat chegarasi

Assalomu alaykum! Men yaqinda uylandim, ayolim hijobda, alhamdulillah. Oilamiz ham islomiy oila, men ayolimni juda rashq qilaman. U ham bundan xursand, men bilan hamfikr, shuning uchun uni har hil marosimlarga jo‘natishni hohlamayman. Chunki qarindoshlarim mahram nomahram aralash yurishga unchalik e’tibor berishmaydi. Go‘yoki hamma qarindosh mahram, shuning uchun unday marosimlarga jo‘natishni xoxlamayman. Lekin ota-onam qarindoshchilik, silai-rahm deyishib menga qarshi chiqib bir ikki martta olib borishdi. Yangi kelin bo‘lgani uchun hamma keliningizni olib keling deyishyapti. Bu davom etyapti, xuddi meni or-nomusim toptalganday o‘zimni boshqara olmayapman. Nomahram qarindoshlar bilan mening xotinim silai rahm qilishi noto‘g‘ri deb o‘ylayapman. Bu masalada shariatimiz hukmi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri, shariatimiz silai rahmga buyurgan. Lekin kimga silai rahm qilishni va qanday qilib qilishni ham belgilab bergan. Silai rahmni uzilib qolmasligi uchun qarindosh urug‘lardan silai rahm qilinishi kerak bo‘lganlarini ota-onalar bildirib qo‘yishlari kerakligini ham ta’limini bergan. Ammo bu degani qarindoshlik aloqasi bo‘lganiki, mahrammi nomahrammi oldiga tushib olaversin degani emas. Erning aka-ukalari ham bir-birining ayollariga nomahram hisoblanishadi. Ular bilan aralashi-quralash bo‘lib yurish ham joiz emas. Hozirgi kunda bunga amal qilmaganlarni ayanchli natijalarini ham ko‘rib turibmiz. Uydagilarga ayting sali rahmni shariat me’yorida qilishsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar