Ahlud-zod haqida

Assalamu alaykum. Hurmatli Shayh janoblari. "Qur‘on o‘qitish va yodlash usullari" (Gulobod Qudratulloh qizi) kitobining 46-betida shunday deyiladi: -"Zod-ض" harfi faqat arab tilida bor, boshqa tillarda yo‘q. Shuning uchun ajamlar (arab bo‘lmagan halqlar) arablarni yana "ahlud - zod" ("zod" harfini talaffuz qilivchilar" deb ham ataydilar". Iqtibos tugadi. Mani tushunmagan joyim fors tilida ham "zod" harfi bor-ku. Forslarda arablarnikidan boshqacha "zod"mi? Yoki kitobda hatolik yuz berganmi? Iltimos tushuntirib bersangiz. Javob uchun oldindan: Jazakallohu xoyron kasiyro.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Forschaga arabchadan kirib qolgan so‘zlarda “Zod” bor.

5 May 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar