Xatmi kabir

Assalomu alaykum! Bir qori aka bilan Qur’onni xatm qilish xaqida gaplashib qoldik. Aka xatmi Qur’on uchun pul olish mumkin emas ekan desam aksincha gapiryapsiz mumkin dedilar. Xatm qildirmoqchi bo‘lgan odam bilan kelishib 100$ga xatmi kabir qilib beraman desam xam bo‘ladi. chunki bir kishi borsa 10soat 3-4kishi borsa 4-5soat vaqt ketadi shuning uchun deb aytdilar. Xoxlsez zikr ahlidan so‘rang hay’atiga savol qilib berib ko‘rin degandilar Man o‘qishiga javoban sizlar quyidagi savollaga (5799-5754-5009-3316-395)bergan javoblarini mana aka mumkin emas deyilyapti desam bu erda xatmi Qur’on deyilyapti xatmi kabir qilishlikni nazarda tutyappan dedilar. Farqi nimada desam kabir kimnidur uyiga borib 30pora Qur’onni 4-5 soatlab o‘qishlik xatmi Qur’on esa marosim va shunga o‘xshash joylarga borib 3 bor Ixlos surasi 1 bor Fotixa surasi o‘qishlik dedilar. Yuqorida aytilgan xatmi kabir uchun pul olish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xatm qilish uchun pul olish u kabir bo‘ladimi sag‘ir bo‘ladimi joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:32 | Savol-javoblar | 209 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar