Halol yoki harom, rost yoki yolg‘on
Assalomu alaykum! Meni sog‘ligimdagi ayrim muammolar tufayli gano "yaltiroq teri qizil qo‘ziqorin" shifo degan tashkilotga taklif etishdi va men ularning ofisiga bordim. Ularni aytishicha bu Aloh nazari tushgan tabiiy giyoh ekan, u Malayziyada tayyorlanadi va aytishlaricha 100% tabiiy mahsulot ekan. Ular menga yana bir taklifni ham berishdi davolanish mobaynida pul ishlab olish ham mumkin sog‘ligingizni tiklasangiz biron bir tanishlaringizga taklif etib ularni olib kelsangiz, ular ham shu tashkilotga a’zo bo‘lsa sizga qanchadur miqdorda pul ajratib berishar ekan. Meni savolim shu ishdan topiladigan pul halol bo‘ladimi va shunday giyoh «qizil qo‘ziqorin» borligi rostmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu firma ham tarmoqli marketinga kirar ekan. Tarmoqli marketingda ishlash shar’an joiz emas. Bu boradagi yolg‘onlarni quyidagi linkdan bilib olasiz. Vallohu a’lam! https://info.islom.uz/iqtisod/item/23-tarmoqli-marketingdagi-10-khil-jolgon.html
30 Aprel 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 190 | Halol va harom