Iymon(sekret filmi)
Assalomu alaykum! Xayotning eng buyuk Siri deya etirof etilayotgan "sekret" nomli film (kitob) ga oid savollarga bergan javoblaringizni o‘qiganimdan buyon meni bir narsa vaximaga solib kelmoqda. Bu savollarga bergan javoblaringizning birida bu narsalarga ishonish shirkka etaklaydi deb yozilgan ekan. Men bu filmni 3 yil oldin ko‘rganman va shundan beri bu bilimlarni xayotimda qo‘llab kelaman. Lekin bu bilimlarni menga Allohning o‘zi etkazdi, biror narsaga erishishni xoxlasam eng avval o‘zimda bori uchun Allohga shukur keltirishim kerakligini bilaman. Bu bilimlarni xayotimda qo‘llashimga sabab bu erda xech qanday boshqa dinga davat qilinmayabdi. Agar u malumotlar ichida ozgina bo‘lsa xam boshqa dinga etaklovchi yoki Allohning kalomini ozgina bo‘lsada inkor etuvchi malumotlar bo‘lganida ming alxazar men bu malumotlar foydalanmagan bo‘lar edim. Endi aytinglarchi men ushbu xolatda gunoxkormanmi? Men xayotimda ushbu bilimlardan foydalanib shirkka qarab ketmayabmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz biror narsani xohlasangiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’lim bergan istixora duosini o‘qing. Chunki bu ish Alloh bilan maslahatlashish hisoblanadi. Inson o‘ziga nima yaxshi yoki nima yomonligini bilmaydi. Qancha qancha boy bo‘lib ketganlar peshonasi sajdaga tegmasdan itdek o‘lib ketishmoqda. Yaxshi ko‘rgan ayoliga uylanganlar dayus bo‘lib hayot kechirishmoqda va hokazo. Vaholanki ular o‘sha narsalarga etishishni baxt deb bilishgan edi. Biror niyatingiz bo‘lsa shariat ko‘rsatmasiga binon so‘rang. Boyazid Bastomiy haqlarida imom Shotibiy o‘zlarining “Muvafaqot” kitoblarida quyidagicha keltiradilar: Men Alloh taolodan ayollarga nisbatan shahvat qo‘zg‘alib gunohkor bo‘lishdan qo‘rqib mendan ayollarga nisbatan shahvatni olib qo‘yishni so‘rab duo qilmoqchi bo‘ldim. Birdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deb duo qilmaganlar degan narsa xayolimga keldi va duo qilishdan o‘zimni to‘xtatdim. O‘sha ondan boshlab Alloh taolo men(qalbim)dan ayollarga nisbatan shahvat bilan moyil bo‘lishni ko‘tardi dedilar. Qur’on va hadis yashash tarzini o‘rgatuvchi dastur hisoblanadi. Biz yashash tarzimizni shu ikkisiga muvofiq qilishimiz kerak. Buning uchun esa ularni har doim chuqur o‘rganib borishga harakat qilishimiz zarur. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 167 | Aqiyda