"Haj "farzi haqida

As.al.war.bar.Shayh hayratlari.Majma‘ul maqsud yoki muhtasar ul Viqoya kitobidan iqtibos berishga ijozat bergaysiz.Iqtibos:Hajning farzi 3ta.1.Ehrom boglamoq.2.Arofatda hozir bo‘lib turmoqdur.3.Ka‘ba muazzamani tafov qilmoq.Hajning vojiblari 5ta deb yozilgan.Savol.Hadis va hayot silsilasining "Haj" kitobini o‘qidim.HajKitobingizda yuqorida aytilgan amallar bor lekin bu hajning farzi,bunisi vojibi va bu sunnat deb yozilmagan.Buni qanday tushunamiz va sabablari nimada?Shu haqida tushuntirib bersangiz iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz o‘qigan kitob fiqh kitobi bo‘lsa kerak. o‘shanday kitoblarda faqat hikmlar haqida siz keltirganga o‘xshab so‘z yuritiladi. “Hadis va Hayot” kitobi esa, hadislar majmu’asining sharhi. Unda haj to‘g‘risidagi hadislarni sharh qilinayotgan kitobda kelgan tartibda kengaytirib tushuntirilgan.

2 May 2022, 08:38 | Savol-javoblar | 154 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar