Ayollar safda turishi

Assalomu alaykum! Biz ertalab uyda jamoat bo‘lib bomdod namozini o‘qiymiz. Bunda man, otam va ukam xamda singlim birgalikda o‘qiymiz. Eshitishimcha ayollar safda erkaklarga sajdada etib olsa erkaklarni namozi buzilar ekan. Qibla uyimizni yoniga to‘g‘ri keladi, 3 qator bo‘lib joylasholmaymiz. Singlim 1-2 qarichga bizga sajdada etib oladi, nima qilsak bo‘ladi? Singlim aloxida o‘qigani yaxshimi yoki xech narsa qilmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan holatda erkaklarning namozi ham buziladi. Butkul orqada bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar