Turli fitnalar to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Yaqin yaqin kunlarda ko‘pchilik musulmonlarning orasiga fitna tarqatayotgan insonlar juda ko‘payib ketmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi har hil sahifa va kanallar orqali siz ustozlar "Zikr ahlidan so‘rang hay’ati"ga berilgan savollarga javoblarni ham qo‘yib, yoki rahmatli uztozimiz Shayx hazratlarini javoblarini ham ro‘kach qilish omma orasida juda yoyilib ketdi. Achinarlisi shuki buni noto‘g‘ri yo‘lda ishlatib O‘zbekistondagi musulmonlarni ikkiga ajratib yuborishmoqda. Yaqinda o‘zimda ham huddi shunday holat bo‘ldi. Bir yaqin tanishim hamkasbim bunday "soxta" kanallarga a’zo bo‘lib yurar edi. Avvaliga ularning noto‘g‘ri yo‘lda ekanligini tushuntirgan edim va bunday kanallardan chiqib ketish va umuman eshitmaslikka targ‘ib qildim. Oradan bir qancha vaqt o‘tkandan keyin uning fikri o‘zgarib qoldi. Endi esa u ham ularning da’vosiga qo‘shilib imomlarni kofirga chiqarish, aybini qidirish va biz qilayotgan hamma ishlar noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlab ummatni ikkiga bo‘lishga hizmat qilmoqda. Sizlardan juda katta iltimosim bu yo‘lda insonlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishlikka yodam beringlar va iloji bo‘lsa hozir beradigan savollarimni qaysi kitobdan olinganligi qaerda qanday hadis bo‘lsa hammasini ko‘rsatib nega aynan bizning Xanafiy mazhabida bu yo‘l tanlanganligini, boshqa olimu imomlarning fikrlari bilan taqqoslab batafsilroq tushuntirib bersangizlar. Chunki hat ham men ular bilan tortishsam isboti yo‘q narsa qaysi kitobda yozilgan deb da’vo qilishyapti va men ularga huddi taslim bo‘lgandek ularning yo‘li to‘g‘ri hisoblayaptilar. Bu isbotlar man uchun emas balki usha o‘zlarini salaflarga ergashayotgan insonlarga tegishli bo‘lsin. 1) Namozda qo‘llarning holati kindik ostiga qo‘yib turilishi ba’zi hadislarda kindik istida, Payg‘ambarimiz sollAllohu alayhi vasallam yuraklari ustiga ham qo‘yib turgan ekanlar. Nega aynan biz kindik ostiga qo‘llarni bog‘lab qo‘yamiz? 2) Namozda qo‘llarning quloq barobarida ko‘tarilishi, ba’zi hadislarda Payg‘ambarimiz alayhissalom qo‘llarini elka barobar kotargan ekanlar shunga oydinlik kiritib bering iltimos! 3) Imom Axmad Rifoiy haqida. U kishi rostan ham Payg‘ambarimiz alayhissalomning qabrlari oldida munojot qilib ularning muborak qo‘llarini o‘pkanmilar bunga oldilaridagi muridlari haqiqatan ham guvoh bo‘lishkanmi? Shayx hazratlari "bilmadim bo‘lgan bo‘sa bo‘lgandir bunga ilmimiz yo‘q" deb javob bergan emishlar shu haqiqatmi va biz qaysi yo‘lda bo‘lishimiz darkor? 4) Namozdagi oyoqlar holati qanday? Elka barobaridan katta ochib bo‘lmaydi bed aytishadi imomlarimiz va biz binga amal qilamiz ammo "salaflar izidan ketayotganlar" bunga qarshi. Buni ham tushintirib o‘tsangizlar. 5) Biz agar buyuk imomlar gapiga ergashsak ular san imomlaga ergashasanmi yoki sunnatga deb savol berishyapti. Axir bu buyuk imomlar ham sunnatga eng to‘g‘ri amal qilib kelgan insonlarku( Abu Hanifa rohimahulloh haqida) 6) Mavlid o‘qish bid’at deb aytishmoqda. Go‘yoki shuncha olimlar avliyolar bu ishni usha 4-5 asrladan beri qilib kelishadi. Ularning da’vosi salaflar davrida mavlidni nishonlashganmi nega ular nishonlashmagan bo‘lsa biz nishonlashimiz kerak degan. 7) Jum’a bilan tabriklash. Bu ham yomon bid’at emish ularning nazdida. 8) Tariqatlar adashganmi yoki yo‘q( shaxsan menga berilgan savol edi men bunga ojizman ilmim etmaydi shuning uchun so‘radim) 9) Ummatning 73 firqaga bo‘linishi haqidagi hadis bormi? Alloh hammamizni o‘z to‘g‘ri yo‘lidan adashtirmasin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!
1-2). Eng achinarli narsa shu. Biz ixtilof qilib tortishayotgan narsa aslida hech ham tortishishga arzigulik ish emas. Siz so‘ragan qo‘lni ko‘tarish, kindik osti yoki tepasiga qo‘yish hammasi joiz. Faqat hadislarning sanadlarini o‘rganib chiqilganda biri boshqasidan afzalligi ma’lum bo‘ladi xolos. Aslida qo‘lni bog‘lash yoki bog‘lamaslik ixtilofli masala edi. Siz aytgan bu narsani aslo tortishmanglar. Faqat fitna chiqarmaslik tarafdori bo‘linglar. Azaldan to‘rt mazhab bilan birgalikda ahli hadis, ahli zohir, ya’ni hadislarni faqat zohirini oluvchi jamoa ham bo‘lgan. To‘rt mazhab ulamolari ularni ahli sunna val jamoadan tashqari kofir deb hukm chiqarmaganlar. Eng achinarlisi ular mazhab egalarini kofirga chiqarib, ummatni parchalashga xizmat qilayotganlari. Alloh taolo Qur’on karimda "Bo‘linmanglar"deb marhamat qilgan. Ularda insof bo‘lganida edi (ba’zilarida bu a’lo darajada ham topiladi) boshqa mazhabdagi amallari ham hadislarga suyanganini zikr qilishgan bo‘lar edi. Ummatni ilmda tog‘ bo‘lganlari o‘sha hadislarga amal qilganlari bo‘lganini aytishgan bo‘lar edi. Ajablanarlisi ular o‘zlari bizni yurtda da’vo qilayotgan amallarini mahkam ushlab amal qiladigan boshqa mazhabdagi kishilar oldida uni ziddini da’vo qilib fitna chiqarishlaridir. Siz “Ixtiloflar sabablar echimlar” kitobini o‘qisangiz ko‘p narsalarni bilib olasiz.
3) Biz bu oddiy bir voqe’ani nimasida shak qilayotganlari yoki nimasini inkor qilayotganlarini tushunmadik. Valiylarning karomatinimi yoki u voqe’ani rivoyat qilgan roviylar sanadinimi. Ikkisida ham hech qanday shak yo‘q. Agar maqsadlari xalqni tushunchasidan foydalanib ulamolarni badnom qilmoqchi bo‘lishsa bu yo‘ldan qaytsinlar. 4). Qiziq tomoni o‘sha dalil qilib keltirayotgan hadislarini hamma lafzlariga o‘zlari amal qilishmaydi. U erda tizzalarni ham tizzalarga oshiqni oshiqqa yopishtiringlar deyilgan. Unday qilinadigan bo‘lsa xunuk bir manzara paydo bo‘ladi. 5). Ular bu borada ham xato qilishadi. Biz imomlarni oyat hadislarni sharhlovchisi va bizdan ko‘ra yaxshiroq tushungan deb bilamiz. Ular esa imomlarni payg‘ambarning qarshisiga qo‘yilgan odam degan aybni qo‘yishadi. Imomlar shori’ emas, shorih. 6). Biz va ustozlarimiz ham shariatda tug‘ilgan kunni nishonlash yo‘q deb aytamiz. Xalq ichida mavlud deb nomlangan marosimni esa siyrat majlisi deb hisoblaymiz va buni yil bo‘yi davom etishini tarafdorimiz. 7). Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:Musulmon kishi o‘z birodariga buni sunnatda sobit bulgan deb hisoblamasdan, bu amalda davomli bo‘lmagan holda faqat duo ma’nosidagina gohida aytadigan bo‘lsa, zarari yo‘q.8). Hozirgi kundagi aksar tariqatlar ruhiy tarbiya shaklidan chiqib ketgan. Haqiqiy ruhiy tarbiya ustozlariga shogird tushish zaruriy ishlardan. 9). Bor. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda