Ko‘l suvi
Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari, sizlardan oldindan noqulay savol berayotganim uchun uzr so‘rayman. Ishxonamiz yonida mavsumiy ko‘l bo‘lib, suvi iyun oyida er tagidan chiqib bahor faslida yo‘q bo‘lib ketadi. Kengligi 2 gektar atrofida. Bir kuni shu suv ichida 2 axmoq jinsiy aloqa qilishayotganini ko‘rib qoldim. Shu suvni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fuqaholar “10 gazga 10 gaz kenglikdagi xovuchlab suv olinsa tagi ochilib qolmaydigan darajada chuqurlikdagi suvga najosat tushsa, suv najosat bo‘lmaydi” deb fatvo berganlar. Bir gaz 46sm ga to‘g‘ri keladi. Vahba Zuhayliy rahmatullohi alayh 61.2sm deganlar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 19:51 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom