Qo‘rqoqlikni engish
Assalomu alaykum! Yoshim 25da. Bolaligimdan uyda yolg‘iz qolishdan qo‘rqaman. Sababini bilmayman. Stres, qattiq qo‘rqish xolatlariga duch kelmaganman. 20 yoshimda jinlar xaqida eshitdim. Jinlar eng qo‘rqoqligini xam bilaman. Lekin yolg‘iz vaqtlarimda jinlar xayolimdan ketmaydi. Avvallari faqat bomdod nomozini o‘qirdim. Alhamdulillah 5vaqt nomoz o‘qishni boshladim. Xayolimda yolg‘iz vaqtlarimda ular menga zarar etkazishlari aylanaveradi. Bunday o‘ylardan xalos bo‘lishim uchun maslaxatingizni ayamasligingizni iltimos qilaman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi duoni o‘qib yuring: عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillaahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kechqurun bo‘lguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
«Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan.
Demak, kim ixlos bilan ushbu hadisi sharifda kelgan duoni o‘qib yursa, unda berilgan va’dadan bahramand bo‘lar ekan. Bunga e’tiqod va amal qilishga odatlanmog‘imiz kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha: «Ismi birga bo‘lganda eru osmonda hech narsa zarar qilmaydigan Allohning nomi ila. U Zot o‘ta eshituvchi va o‘ta ko‘ruvchidir». ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:46 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar