Bomdod qazosi

Assalomu alaykum! Men qiz bola boshim bilan O‘zbekistondan tashqarida chetda ishlayman. Ish joyim bir uyda bo‘lib, u erda yotib ishliman. Xonadonda bir ayol va qizi yashaydi. Men ularning xizmatini qilaman, qisqacha qilib aytganda. Yakshanba kuni dam olish kunim. Har kuni bomdodga turib namozimni o‘qir edim. Boshqa namozlarni ham ado qilaman. Ularga soat 6:30 da nonushta tayyorlashni boshlayman. Hozirgi vaqtda bomdod nomozi 6:45 o‘qilyapti bu erda. Namozimni qazo qilishga to‘g‘ri kelyapti. Chunki uy egalari qanday ishing bo‘lsa hatto namozingni ham biz ketgandan keyin qil deydilar. Savolim shuki bomdod namozini azon chaqirmasdan oldin o‘qisam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bamdodning vaqti shu kunlarda 1 soat 30 minutlar davom etmoqda. Qoldirishingizga hech qanday uzr yo‘q. Siz namoz vaqtini kirishi bilan quyosh chiqishini o‘rganib shu vaqt oralig‘ida 6 daqiqada o‘qib olsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:46 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar