Ayol kishi nomaxramlar bilan ishlashi
Assalomu alaykum! Men bir ayol bilan bir birimizga ko‘ngil qo‘ydik. Shariatga muofiq uylanmoqchiman, men uylanadigan ayol institutda dars beradi(erkak ayol aralash o‘qiydi u institutda). Qolaversa ro‘molni ham shariatga muofiq o‘ratmas ekan. Savolim shundan iboratki u “shuncha o‘qidim, institutda ishlayman” deyapti. Men esa “to‘g‘ri tushun faqat ayollar bo‘lganda ruhsat berar edim. Bu sharitda mumkin emas” desam “ho‘p unda ahli ilmlardan so‘rab bering, siz aytganday bo‘lsa ishlamasdan o‘tiraman” deyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar siz aytgandek mutaxassis bo‘lsa siz u ishdan chetlatish o‘rniga shariatga muvofiq yo‘lini topib ishlatishga harakat qiling. Iymon va tavfiqda bo‘lmaganlar ustoz bo‘lib, o‘quvchilarni holi va tarbiyasi nima kechayotgani hech kimga sir emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:51 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar