Musofir namozi

Assalomu alaykum! Ustozlar, musofir kishi namozini qasr qilib o‘qiydi. Bir kitobda o‘qiganimda harbiy xizmatga borgan kishi namozini qasr qilib o‘qiydi chunki u qachon qaytishi nomalum deb yozilgan. Rossiyada ishlayotgan kishi qachon uyiga qaytishi ma’lum emas, lekin 1-1,5 yil ishlamoqchi. Bular ham namozini qasr qilib o‘qiydimi? 2). 10 kunni niyat qilib yo‘lga chiqqan musofir namozini qasr qilib o‘qishni yo‘ldayoq boshlaydimi yoki yo‘lda muqim bo‘lib o‘qib manzilga etgandan so‘ng qasr qilib o‘qiydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qasr qilib o‘qishmaydi, chunki ular 15 kundan ko‘p turishadi. Xarbiy xizmatga borgan kishi ham bir joyda 15 kun turishi aniq bo‘lsa namozini to‘liq o‘qiydi. Qasr qilib o‘qiydigan xarbiydan murod jangga qatnashib turgan holatdagisi iroda qilingan.
2). Shahar yoki qishlog‘ini chegarasidan chiqishi bilan qasr qilishni boshlaydi.  Vallohu a’lam!
Quyidagi linklarda berilgan ma’lumotlarni o‘qing.
https://fiqh.uz/maqola/385 
https://fiqh.uz/maqola/582 

27 Aprel 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 211 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar