Jahl ustida ming taloq
Assalomu alaykum! Jaxl ustida telefonda aytilgan taloq o‘tadimi? Ming taloq degan. Ayol kishi boshka erga tegib chikish shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tadi. Oraga ming taloq tushgan. Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol (idda o‘tirib) boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina (yana idda o‘tirib) birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:54 | Savol-javoblar | 236 | Oila va turmush