Dori etkazib berish

Assalomu alaykum! Men firmada logist bo‘lib ishlayman. Vazifam dorini o‘z vaxtida xaridorlarga etib borishini taminlash. Dorimiz bilishim bo‘yicha xalol tabiiy o‘tlardan tayorlangan. Dorimiz ko‘p insonlarga foyda berayabdi shifo topishmoqda. Dorimizni biz reklama orqali sotamiz. Xaridorlar reklamani eshitib bizga qo‘ng‘iroq qiladi. Operatorlarimiz ularga maslaxat berib dorini sotishadi. Suxbat jarayonida ular yolg‘on ishlatishadi, dorini sotish maqsadida. Qancha ko‘p sotsa shuncha ko‘p oylik olishadi. Savolim shuki bu firmada ishlashim joizmi? Olayotgan oyligim xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Operatorlarga nasihat qiling. Qabul qilishsa, qilishmasa bu ish topgan pullarining halol bo‘lmay qolishiga sabab bo‘lishini tushuntirib qo‘ying. Sizning ishingizda yolg‘on bo‘lmasa, olgan oyligingiz halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:07 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar