Qarzni bermasa

Assalomu alaykum! Men 61 yoshdaman. 4-5ta odamga qarzga pul berganman. Kasalman, zarurman deb olishgan. O‘zimda yo‘q payti birovlardan olib berganman. 5 yildan oshdi xar xili baxonalar qilishib berishmaydi. Ayrimlarini kechib yubordi, yana kechay desam qarzlarim bor, kasalmand ayolim bilan yolg‘iz yashayman. Pensiyalarimiz xam eng pasti. Nima qilishim to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday qilib bo‘lsa ham oling. Olib beradigan tashkilotlarga aytib bo‘lsa ham oling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar