Nima qilgan yaxshi?
Assalomu alaykum! Berayotgan yordamingiz uchun katta tashakkur. Kecha masjidda bir kishi "sabboba ishora"si bizning (hanafiy) mazxabda yo‘q deb qoldilar. Bir savol javobda Ustozning “ustozi o‘rgatganlar qilsin” deb o‘qigan edim. Nima qilgan yaxshi? Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hozirda hal qilish kerak bo‘lgan va tushuntirish zarur bo‘lgan masalalar juda ko‘p. Xususan eng asosiylari iymon va farzga tegishli bo‘lgan amallardir. Mo‘min bo‘lib namoz o‘qishda mustahkam bo‘lgan kishilar afzal yoki g‘oyri afzal, mustahab va muboh amallar ustida tortishishlari sharmandalik ishdir. Ahli ilmlar asosiy masalalarga e’tiborini qaratmay boshqa mazhablarda bo‘lsa ham sunnat bo‘lib, bizning mazhabimizda sunnat bo‘lmagan ishlar ortidan tushishlari yaanada og‘ir sharmandalik bo‘ladi. Hozirda Islom ummati o‘lim bilan hayot(iymon bilan kufr) dardiga mubtalo bo‘lgan. Biz asosiy e’tiborni insonlarni hayotini saqlab qolishga qaratishimiz kerak. Tirik qolsa qolgan dardini davolash mumkin. Masjidga kelishga muvaffaq bo‘lgan baxtli insonlar o‘zaro dardlariga mashg‘ul bo‘lmay muvaffaq bo‘lmagan bemorlar bilan mashg‘ul bo‘lsin. Ahli ilm sog‘lomlar johil bemorlar bilan mashg‘ul bo‘lsin. Uni qo‘yib sog‘lom sog‘lom bilan mashg‘ul bo‘lishi xatodir. Bu xuddi yuragi kasal hamda badanining ba’zi bir joylari kesilgan yoki yara chaqa toshgan holda shifokorning huzuriga kelganda yurak kasaliga beparvo bo‘lib kesilgan joyiga dori qo‘yish bilan ovora bo‘lgan shifokorga o‘xshaydi. Bu holatni ko‘rgan bir oz aql egasi shifokorni asosiy e’tiborini yuragiga qaratishga chaqiradi. Chunki u kasallik o‘limga olib boradi, qolganlari esa gohida davosiz ham bitib ketadigan yarachalar bo‘ladi. Qolaversa dardga malham qo‘yuvchi bemorni urib, so‘kib malham qo‘ymaydi. Imkon qadar jonini og‘ritmaslikka harakat qiladi. Masala bilgan bilmaganga shifokor bo‘lmoqchi bo‘lsa qo‘pollik qilmasin. Bu kabi masalalar masjidning imomi bilan ham bitadi. Sen, men kabi gaplarga hech qanday hojat yo‘q. Bemor tuzalishni xohlasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:22 | Savol-javoblar | 157 | Aqiyda