Oilam buzildi
Assalomu alaykum! Men bir insonga turmushga chiqdim va xomilador bo‘ldim. Bu vaqtda erim bilan janjallashgan paytimiz juda xam jahlda 3 taloqsan dedi. Ertasiga o‘zi bilmagan xolda aytgani uchun qayta nikoh o‘qitdik, lekin savolim nikoh haqida emas. Men 4 oylik kelinligimda uni o‘zidan katta bir ayolga nikohlanib olganidan va undan 1 farzandi borligidan xabar topdim. Va men kelinlik uyimdan ota uyimga ketdim. Shu bilan ota uyimda farzandimni dunyoga keltirdim. Erim bundan xabar topdi ammo to‘g‘ruqxonaga xam biror marta kelmadi. Men juda ko‘p qiynaldim, yonimda bo‘lmadi. Oradan 1 oy vaqt o‘tib farzandimni etim bo‘lib qolmasin deya erimni uyiga bordim. 5 oy yashadik, lekin erim o‘zgarmagan edi. Oxiri yana janjallashdik va u qizimni juda yomon so‘zlar bilan xaqorat qildi. Menga ham juda ko‘plab tuxmatlar bilan “bokira emasdi o‘g‘ri edi” deb gapirirdi. Biz yana u uydan ketdik. Yaqinda ajrimga topshiribdi, chaqirtirishganda qizimni xam olib bordim. Qizimni 10 oyda ko‘rishdi, lekin na onasi na erim qizimga qarab xam qo‘yishmadi. Kuni kecha manga telefon qilib ko‘rishishni taklif qildi, lekin yashash niyatimiz ikkimizda xam yo‘q. Nima qilay oilam buzilishini xoxlamayman, lekin juda ko‘p sovuqchilik tushgan. Nima qilay nima maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq aytganida sizni oilangiz buzilib bo‘lgan. Sizlar shar’an birga yashay olmaysizlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq aytganida sizni oilangiz buzilib bo‘lgan. Sizlar shar’an birga yashay olmaysizlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush