Hijob o‘ramasdan farz qilingan ammalarni qilish

Assalomu alaykum! Ayol kishi hijob o‘ramay turib ro‘za tutsa, namoz o‘qisa va turli xayrli ishlar qilsa shu ammalari qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘sha amallarni bajarayotganda shartlari topilsa, ya’ni namoz o‘qiyotganida avratlarini berkitib o‘qisa namoz zimmasidan ado bo‘ladi. Farzlardan birini qilmagani tufayli boshqasini tark etmaslik kerak. Boshqa vaqt avratini ko‘rsatib yurgani uchun gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 155 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar