Yo‘l do‘ngalagi(lejachiy politseyskiy)
Assalomu alaykum! Ko‘chamiz tekis, uzun, lekin asosiy yo‘l emas - maxalla. Lekin asosiy yo‘lda tirbandlik bo‘lgani uchun goxida qatnov ko‘payib ketadi va xaydovchilar juda tezlikni oshirib xaydashadi. Maxalamizda yosh bolalar ko‘p, xatto 1-2 marta bolalar bilan bog‘lik avtoxalokatlar kuzatilgan. Shu tezlikni cheklash maqsadida ko‘chamizga tezlikni oshirishni oldini oluvchi do‘ngalaklar o‘rnatsa bo‘ladimi? Bunga shariat xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatning hukmi: Birinchidan yo‘l sizniki ham qo‘shningizniki ham emas. Hamma foydalanishi uchun ajratilgan. Buni albatta hisobga olish kerak. Ikkinchidan inson hayoti nihoyatda qimmatbaho va azizdir, qo‘ysangiz mashinalarga zarar etmaydigan qilib qo‘yish kerak. Chunki o‘z foydangizni deb o‘zgalar mulkiga zarar etkazishga ham haqqingiz yo‘q. Ba’zilar uyining oldidagi xuddi ko‘cha ham o‘zini haqqi va o‘z mulkidek qilib baland to‘siqlarni qilib olishadi. Gohida bilmagan inson mashinasiga jiddiy zarar etkazib oladi. O‘sha zararni to‘siqni qo‘ygan inson etkazgan hisoblanadi. Hadislarda “Iymonning eng kichik amali, yo‘lda ozor beruvchi narsalarni chetga olib qo‘yish” deb bekorga aytilmagan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar