Hoji ota hoji ona deb chaqirishga majbur qilishsa
Assalomu alaykum! Xalqimizda bir gap bor, Qadr kechasida umra qilganlar hajga borgandek maqomga ega bo‘lishar ekan, lekin hajning amallari umranikidan farqliku? Xalqimiz orasida “Qadr kechasida umra qilganman hoji maqomidekman, meni hoji ona hoji ota denglar” deydiganlar bor ekan. Bu to‘g‘rimi shunday deyish?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ramazonda qilingan umraning boshqa vaqtdagidan fazilatligi bor, lekin bu degani haqiqiy haj qilganning savobiga ega bo‘ldi degani emas, balki odatda umraga beriladigan savobdan ko‘proq savobga ega bo‘ldi deganidir. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لِامْرَأَةٍ مِنَ الْأَنْصَارِ يُقَالُ لَهَا أُمُّ سِنَانٍ: مَا مَنَعَكِ أَنْ تَكُونِي حَجَجْتِ مَعَنَا؟ قَالَتْ: نَاضِحَانِ كَانَا لِأَبِي فُلَانٍ حَجَّ هُوَ وَابْنُهُ عَلَى أَحَدِهِمَا، وَكَانَ الْآخَرُ يَسْقِي عَلَيْهِ غُلَامُنَا، قَالَ: فَعُمْرَةٌ فِي رَمَضَانَ تَقْضِي حَجَّةً أَوْ حَجَّةً مَعِي. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ansorlardan bo‘lgan Ummu Sinan ismli bir ayolga:
«Biz bilan haj qilishingdan seni nima man qildi?» dedilar.
«Abu Fulonning ikkita tuyasi bor edi. Birida u bilan o‘g‘li haj qildi. Boshqasida esa g‘ulomimiz sug‘orish ishlarini olib borardi», dedi.
«Ramazondagi umra hajga yoki men bilan bo‘lgan hajga tengdir», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar. وَلَفْظُ الْبُخَارِيِّ: إِذَا كَانَ رَمَضَانُ اعْتَمِرِي فِيهِ، فَإِنَّ عُمْرَةً فِي رَمَضَانَ حَجَّةٌ. وَتَقَدَّمَ حَدِيْثُ: الْعُمْرَةُ إِلَى الْعُمْرَةِ كَفَّارَةٌ لِمَا بَيْنَهُمَا Buxoriyning lafzida:
«Qachon Ramazon bo‘lsa, unda umra qilgin. Albatta, Ramazondagi umra hajdir», deyilgan.
«Umradan umragacha ikkisining orasidagi narsa uchun kafforotdir» degan hadis avval o‘tdi.
Sharh: Bu rivoyatlarda umra, xususan, Ramazon oyida qilingan umra fazilatli ibodat ekanligi ta’kidlanmoqda.
Ushbu hadisi shariflarda zikr qilingan va’dadan umidvor bo‘lgan ko‘plab musulmonlar hozirda ham Ramazoni sharifda umra qilish payida bo‘ladilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Inson qilgan haj yoki umrasi qabul bo‘lganini umid qiladi. “Qilingan ibodat aniq qabul bo‘lgan” deb hech kim aniq kafolat berolmaydi. Bunday amal nasib bo‘lganlar shukrona tariqasida o‘zlariga unday laqablarni qo‘yib olish o‘rniga “kamina faqir, ojiz” deb nomlasalar ularga yanada yarashgan bo‘lar edi. Haj qilgan kishi ham namoz o‘qigan, zakot bergan kishidek bir farzni ado qilgan bo‘ladi xolos. Bir kishi zakot berib “Endi bundan buyog‘iga meni boy ota deysan” deyishi to‘g‘ri bo‘lmaganidek, umraga borgan “Meni hoji ota, hoji ona deysan” deyishlari ham to‘g‘ri emas. Zakotdaku boshqalarga foydasi tegadi, oluvchi xursand bo‘lib "boy ota" desa yarashar edi. Haj va umra qiluvchini o‘zidan boshqalarga hech qanday foydasi tegmasa, nega ularni hoji ota deyishga majbur qilishadi? Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 152 | Haj va umra