Oiladagi vaziyat

Assalomu alaykum! Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Sizlarga qarindosh opamni oilasi haqida aytib, ularni holatida qanday ish tutish kerak maslahat va ko‘rsatmalarizga opam juda muhtoj. Opamga sizlar haqizlarda aytgan edim kuchli ixlos bilan sizlardan javob kutishini aytdi. Xullas, opam oilali ikki farzandi bor, eri o‘zimizni qarindoshimiz. Pochchamiz opamdan boshqa yana bir (engiltak) qiz bilan opamni roziligisiz, avval zino qilib(keyin nikoh o‘qitishganmi yo‘qmi bilmiman), bir farzand ko‘rgan. Opam bularni hammasidan habardor, pochchamizni ota-onasi yo‘q, katta momomizni qo‘lida katta bo‘lgan, momomiz hayotlar. Lekin momomizni gaplari tasir qilmaydi, menimcha deyarli hamma qarindoshlar mahalla pochchamizni bu ishlaridan habardor, lekin pochchamiz hech kimni gapini eshitmaydi. Hamma qarindoshlar opamga sabr qilishini tinmay uqtirishadi. Opam Allohdan sabr toqat so‘rab, oilasini saqlab qolish uchun besh vaqt nomozni o‘rniga qo‘yib o‘qiyaptilar. Nima bo‘lsa Allohdan deb chidab kelayapti, lekin pochchamiz atay qilgandek ikkinchi xotinni oldiga borganini oshkora bildiraveradilar. Bundan opam rashq azobida siqilib qolar ekan. Avvaliga topgan pullarini olib kelib oilaga ishlatar ekanlar, endi oxirgi paytlar oilaga ham pul olib kelmay qo‘yibdi. Ikki farzandiga kiyim boshlariga ham juda e’tiborsiz bo‘lib qolibdi. Ba’zida yarim kechalar chiqib ketib qolar ekan,
opam faqat shu ikki farzandim ota-onamni hurmatiga chidayman deb ko‘nikib kelyaptilar, chunki deyarli 7-8 yildan beri shu sharoitda.
1-savolim. Opam bunday hollarga yana qanday bardosh bersinlar, maslahatlariz?
2-Ularni ko‘nglini hotirjam qila oladigan qanday kitoblarni tavsiya qilasiz?
3-pochchamizni qanday to‘g‘ri yo‘lga boshlasa boladi?
Opamga bir yaqin tanishi erizni «issiq sovuq» qilib olgan, siz ham borib «o‘qitib» oling deb, yo‘l ko‘rsatibdi. Bu holatga shariyatimiz qanday hukm qiladi? Opam bechora juda qiynalib ketganlar, sizlardan juda umidvor bo‘lib o‘tiribdilar. Sizlarga katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Opangiz Allohning taqdiriga rozi bo‘lsin. Shu holatlarida Allohdan ulkan ne’matlarni so‘rab qolsin. Chunki sizni keltirishingiz bo‘yicha u kishi mazluma ekan. Mazlumaning duolari shak-shubhasiz ijobat bo‘ladi. Biroz kechikishiga besabr bo‘lmasin. Issiq sovuq qilish ishi najosat ishdir. Najosatni najosat bilan ketkazilmaydi. Ibodatda va tilovati Qur’onda bardavom bo‘lsin. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 86 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar