Shariatda Aliment

Assalomu alaykum! Bir erkak ajrashgan ayolidagi o‘g‘il farzandi uchun ish haqidan davlat belgilagan miqdorda aliment berib bormoqda. Oylik maoshi katta bo‘lganligi sabab aliment miqdori xam kattaroq. O‘sha o‘g‘li uylanish yoshiga etkanda mulkidagi bir uyni sovg‘a qilishni xam niyat qilib qo‘ygan. Xozirda erkakning yangi turmushidan 2 ta farzandi bor. Qonunchilik yuzasidan ariza berilsa yangi turmushdagi 2 farzandi va Onasi uchun ham aliment ajratilishi mumkin ekan. Agar shunday qilinsa erkakning topgan daromadidan 4 kishiga ulush ajratilishi kerak bo‘ladi va tabiiyki birinchi o‘g‘il farzandi olayotkan aliment miqdori ozayadi. Erkak nima qilishini bilmay mendan so‘rab berishimni iltimos qildi. Bu borada noto‘g‘ri qaror qilib katta gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqmodqa. Maslaxat bersangizlar, qanday yo‘l tutish kerak bu borada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzandning nafaqasi otaning zimmasidagi vojibdir. Nafaqaga oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, ta’lim hamda farzand uchun zaruriy bo‘lgan barcha harajatlar kiradi. Uning miqdori shu ehtiyojlarga yarasha bo‘lishi lozim. Otaning holatiga qarab oz yo ko‘proq bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, sizning oyligingizdan ajratilayotgan pul farzandning ehtiyojlarini qoplab bera olish-olmasligiga qarab ish tuting. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:12 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar