Sigaretni tashlash

Assalomu alaykum! Yaqindagina sigaret chekishni tashladim va tavba kildim. Lekin 6-7 yillar odin chekishni boshlagandim. Xar kuni 1 pachkadan chekar edim. Tashlagan kunimdan boshlab qiynalib ketdim. Xayolimda qaytadan cheksam yaxshi bo‘ladi, lekin tavbadan keyin yana xuddi o‘sha gunox ishni qilsa o‘ta og‘ir va katta gunox bo‘lishini xam bilaman. Nima qilishim kerak? 9 yoshimdan beri namoz o‘qiyman lekin 5 maxal emas. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kasallik davolanmasa surunkali bo‘lishdan boshqa natija bermaydi. Hindistonda Jigar ismli shoir bo‘lib, u Hindistonning sanoqli odamlaridan hisoblangan. Uni sog‘ligini saqlash uchun bir nechta doktor yollangan. Ichishga qattiq o‘rganib qolganidan ichmasa o‘ladi deb tashxis qo‘yishgan. Bir kuni u doktorlaridan “Ichsam qancha yashaymanu, ichmasam qancha yashayman” deb so‘radi. Doktorlar “Ozroqdan ichib tursangiz 5-10 yilga borasiz. Ichmasangiz 5-6 oyga bormasdan o‘lasiz” deyishdi. Allohga gunohkor bo‘lib 10 yil yashagandan ko‘ra tavba qilib 10 kun yashab o‘lganim afzal deb ichishni tashladi. Ashraf Ali Tahonaviyning huzurlariga borishni ijozatini so‘radi. U zot bemalol aroq shishasini ham ko‘tarib kelaversin, men u kishiga o‘zim hizmat qilaman deb xonaqosiga chaqirdilar. Oldilariga borganida 4ta narsaga duo qilishini so‘radi. Birinchisi aroqni ichishni tashlasam, ikkinchisi soqol olishni tashlasam, uchinchisi Alloh menga hajni nasib qilsa, to‘rtinchisi Alloh meni mag‘firat qilgan bandalari safiga qo‘shsa dedi. Ashraf Ali Tahonaviy duo qildilar, ichishni tashladi. Albatta qattiq yotib qoldi, shunda ham ichmasdan sabr qildi. U kunlar ham o‘tib sog‘aydi, 3-4 oyda soqoli bir qabzaga etdi. Shunda o‘zini eng mashhur she’rini aytdi. “Jigar nonko‘r edi musulmon bo‘ldi” degan ma’noda. Hajga ham bordi va juda ko‘plab nasihatli she’riyat mulkida kamdan-kam topiladigan she’rlar yozdi. Mag‘firat qilingan yoki qilinmaganini oxiratda bilinadi.
Siz ham himmat qiling va gunohni tashlang. Garchi ming yil yashasangiz ham baribir Allohning huzuriga borasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar