Hojatxona yonida o‘sgan daraxtning mevasi

Assalomu alaykum! Hojatxona hammom va shunga o‘xshagan joylarda mevali daraxtlar o‘sib meva qilsa shu daraxtni mevasidan esa bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. U xuddi najosat bo‘lgan tezak, kuyib kulga aylanganida pok bo‘lganidek siz aytgan ham mevaga aylanib pok bo‘ladi. Buni shariatimizda istehola, ya’ni bir haqiqatdan boshqa haqiqatga o‘zgarish deb aytiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar