Lekoplaster qo‘yib tahorat olish

Assalomu alaykum! Taxoratli bo‘lib yurishni juda yaxshi ko‘raman. Chunki taxoratim bor payti huddi omadli insonlardek yuraman. Ko‘nglim xotirjam bo‘ladi. Lekin bazan Taxoratda yoki g‘usl paytida yuzim yoki boshqa joyim qonab ketadi. Shu paytlada taxoratsiz yurishga majbur bo‘laman. Kunim huddi qora bulutday o‘tadi. Shu saytda o‘qigan edim: "Qonagan joyga plaster yopishtirib taxorat osa bo‘ladi" deb yozilgan edi. Lekin ilmim pastligi sabab yaxshilab manosiga tushunmadim. To‘g‘rirogi qanday qilishni tushunmadim. 1). Masalan: qonagan joyga (yuzimga) plaster yopishtib, keyin taxorat olsam bo‘ladimi? 2). Shunda xar doimgidek 3 marta yuzimni yuvaman to‘g‘rimi? 3). Maxsi tortish shart bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi.
2). Ha.
3). Ustida yuvib yuboraverasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 163 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar