Yoshlikdagi gunoh

Assalomu alaykum! Mening yoshim 22da, 2011-yil otam olamdan o‘tgan, undan bir nechi yil oldin 12-13yoshlarimda otamni dilini qatiq og‘ritganman, "meni sizday dadam yo‘q" deganman. Aytishimdan maqsad zora shu gapdan so‘ng ichishni tashlar deb va bu gap uchun uzr so‘ramaganman. Bundan tashqari olamdan o‘tishlaridan oldin yarim yildan ko‘proq kasal bo‘lib yotdilar. Mana otamni olamdan o‘tganiga deyarli o‘n yil bo‘layabdi, ammo vijdon azobi tinchlik bermaydi. Gunoxim og‘irligini bilaman, shariat xukmicha mening xukm qanday va bundan buyon nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizni haqqiga to‘xtamasdan ehson qiling, savobli amallar qilib savobini bag‘ishlang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:42 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar