Ilonni olovda yoqish

Assalomu alaykum! Ilonni olovda yoqish mumkinmi? Bizni Urgutda ilon ushlashsa olovda yoqishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu Allohning azobi bo‘lib, u bilan azoblamaslik kerak. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: بَعَثَنَا رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي بَعْثٍ، فَقَالَ: «إِنْ وَجَدْتُمْ فُلَانًا وَفُلَانًا فَأَحْرِقُوهُمَا بِالنَّارِ»، ثُمَّ قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ أَرَدْنَا الْخُرُوجَ: «إِنِّي أَمَرْتُكُمْ أَنْ تُحْرِقُوا فُلَانًا وَفُلَانًا، وَإِنَّ النَّارَ لَا يُعَذِّبُ بِهَا إِلَّا اللهُ، فَإِنْ وَجَدْتُمُوهُمَا فَاقْتُلُوهُمَا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni bir cherikda yuborib: «Agar falonchi va falonchini topsangiz, ikkalasini o‘tda yoqib yuboring», dedilar. Keyin yo‘lga chiqmoqchi bo‘lganimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarga falonchi va falonchini o‘tda yoqib yuborishni buyurgan edim. Olov bilan faqat Alloh azoblaydi. Agar ikkovini topsangiz, ularni qatl qiling», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:38 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar