Maxrdan kechish haqida
Assalomu aleykum! Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
Savolim shuki men turmushga chiqishimdan oldin bir narsa eshitgandim. Kelin o‘zining xaqqidan ya’ni «Maxr»dan kechib yuborsa juda katta savobga erishadi deb. Turmushga chiqqanimga 5 yildan oshdi, to‘yimiz kuni nikoh o‘qilayotgan vaqtda maxrdan kechish xaqida aytolmagan edim. To‘ydan keyin surushtirganimda bir kishining guvohligida maxrdan kechdim deb uzukni (maxr deb uzuk bergan edi) qaytarib bersa kechgan bo‘ladi deyishgan edi. Shunday qilganman, shu to‘g‘ri bo‘lganmi? Maxrdan kechgan ayol xech qachon maxrdan kechganligi xaqida birovga gapirib bo‘lmas emish, agar birovga aytsa sovobi bo‘lmaydi deb eshitdim shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sizni haqqingiz, kechgan bo‘lsangiz kechilgan hisoblanadi. Arab tilida “Assaqitu laa yauudu” ya’ni kechilgan narsani qaytib olish joiz bo‘lmaydi deyilgan qoidaga ko‘ra qaytib olishga haqqingiz yo‘q. hozirgi kunda mahrdan kechgandan ko‘ra olgani afzalroq. Chunki usiz ham er qilishi kerak bo‘lgan hamma vojib ishlar ya’ni uyni jihozlash, ayolga kiyim kechak olib berishlar, kasal bo‘lsa davolatishlar hamma-hammasi xotinning zimmasiga yuklatilib qo‘yilgan. Aslida esa hammasi erning zimmasidagi vojib bo‘lgan haqqlardir. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 09:14 | Savol-javoblar | 184 | Oila va turmush