Mayka yoki sho‘rtikda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Erkaklarda namozni agar kindigidan tizzasini pastigacha bo‘lgan kiyim bilan misol uchun mayka, uzunroq sho‘rtik bilan o‘qisa namozi durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatning darajalari ko‘pdir. Aslida undan boshqa kiyimi yo‘q insonlar uchun joiz, chunki berkitish kerak bo‘lgan arz miqdori berkitilgan. Qodir bo‘laturib o‘shanday kiyimda namoz o‘qisa namoz ado bo‘ladi, lekin Alloh taoloning quyidagi oyatiga zid bo‘ladi. يَا بَنِي آدَمَ خُذُواْ زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وكُلُواْ وَاشْرَبُواْ وَلاَ تُسْرِفُواْ إِنَّهُ لاَ يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ۝ 31. Ey Odam bolalari! Har bir ibodatda ziynatingizni oling. Eb-iching va isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas. (A’rof surasi). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar