Fotima onamiz vafotlari

Assalomu alaykum! Sizlardan Fotima onamiz vafotlari va sabablari haqida ma’lumot berishingizni iltimos qilmoqchi edim. Ba’zi toifa odamlar Fotima onamizni Ali r.a shavqatsizlarcha o‘ldirgan deyapdi. Va bunga ko‘pgina manbalardan dalil ko‘rsatishmoqda. Har xil shubhalarga bormaslik uchun iltimos shunga oydinlik kiritsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jannatiy ekanliklarini bashoratini bergan Aliy roziyallohu anhu shunday qilishlari mumkinmi? Buni bilish uchun dalil emas ozgina, bir chimdim aql bo‘lsa bo‘ldi. Alloh taolo "Nur" surasida marhamat qiladi:    وَلَوْلَا إِذْ سَمِعْتُمُوهُ قُلْتُم مَّا يَكُونُ لَنَا أَن نَّتَكَلَّمَ بِهَذَا سُبْحَانَكَ هَذَا بُهْتَانٌ عَظِيمٌ۝ 16. Uni eshitgan chog‘ingizda: «Bizga buni gapirmog‘imiz to‘g‘ri kelmas. (Robbim!) O‘zing poksan! Bu katta bo‘htondir!» – desangiz bo‘lmasmidi?! Vallohu a’lam!

8 May 2022, 09:45 | Savol-javoblar | 226 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar