Foto va suratlar bor xonada namoz

Assalomu alaykum! Ustozlar, «Izlash xizmati» dan foydalandim, topolmadim. Men davlat korxonasida ishlayman, albatta namoz o‘g‘ishga sharoit yo‘q. Shuning uchun ayrim insonlar ko‘magida namozimni majlislar bo‘ladigan xonada o‘qiyman, lekin u xonada foto va suratlar juda ko‘p (olib qo‘yish va berkitish mashaqqat va vaqt talab qiladi, qolaversa ish vaqti). Bir burchakka tiqilib olib o‘qishga harakat qilaman. Shu xonada o‘qiyversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farz ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 21:21 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar