Namoz vaqtida soch turmagi

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan qidirib namoz o‘qish paytida sochlar yig‘ilgan xolatda bo‘lishi kerakligini o‘qidim. Yana birida esa sochlar aylantirib yig‘ilishi mumkin emas ekan. Namoz o‘qish paytida sochlar aynan qanday xolatda bulishi kerak? Kupchilik ayol qizlarning sochlari uzun bo‘lib aylantirib yig‘ishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aylantirib yigilishi mumkin emas erkaklarga. Ayollar qanday qilsa ochilib qolmaydigan bo‘lsa o‘shanday qilishsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 189 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar