G‘ayridinga ehson
Assalomu alaykum! Ishxonamda bir qiynalgan rus ayol bor. Shunga Alloh rizoligi uchun moddiy yordam bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Boshqa din vakillari bilan faqat-faqat din borasidagina kelishuv yo‘q. Undan boshqa nasoro yoki yaxudiy ayolga uylangan bo‘lsa u ayolni ayollik haqqi, qo‘shni bo‘lsa qo‘shnilik haqqi, tijorat yoki biror bir ishlab chiqarishda sherik bo‘lsa sheriklik haqqi, ustoz shogird bo‘lsa ustozlik haqqi, ulardan shogirdilik bo‘lsa shogirdlik haqqi, hatto samalyot yoki biror transport vositasida yonma-yon ketayotgan bo‘lsa “assoohibu biljanb” oyatiga asosan hamrohlik haqqi ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar