Braslet xaqida

Assalomu alaykum! Bugungi kunda ba’zi bir musulmonlar qo‘llariga taqib olishgan braslet xaqida so‘ramoqchi edim. Taqib olishgan musulmonlarni davolaricha braslet insonni madorsizlikdan xalos qilib, qon bosimini meyorida ushlab, yana qandaydir xususiyatlarga ega emish. Biz musulmonlarga xabibimiz s.a.v madorsizlikdan, kasallikdan qutulish yo‘llarini ko‘rsatib berganlarku. Masalan inson muntazam ravishda sport bilan shug‘ullansa sog‘lom va tetik yurishini xozirgi dunyo olimlari xam e’tirof etishmoqda. Vaxolanki bundan 14 asr muqaddam Payg‘ambarimiz Muxammad s.a.v ayollar Oysha onamiz r.a bilan yugurishib sportni qanchali foydali ekanligini ko‘rsatib berganlar. Yoki bo‘lmasa inson betob paytida qanday muolaja qilishlikni xam ko‘rsatib berganlar, xijoma orqali, tib orqali va eng asosiysi Allohni kalomi Quroni Karim oyatlarini o‘qib dam solish orqali. Bugungi kunda biz musulmonlar nega betob bo‘lishdan oldin sunnatga muvofiq sport bilan shug‘ullanmasdan, bosinqirab yoki xolsiz-madorsizlik paytimizda Allohni oyatlarini o‘qib dam solmasdan, yoki boshqa bir musulmonga dam soldirmasdan, kasallik xolatimizda xijoma yoki zuluk orqali qon oldirmasdan, Allohni bizlarga bergan ne’mati bo‘lmish tabobat va meditsinaga murojat qilmasdan turib, dinimiz dushmanlar o‘ylab topgan qandaydir metallarga bog‘lanib qolishimiz kerak? Masalani eng muxim tarafi shuki braslet taqib olgan musulmonlarni xolati xattoki Rosululloh s.a.v dan kelgan xadisda xam bayon qilinishligidir.Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat: “Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam qo‘lida sariq mis bo‘lgan bir kishini ko‘rib: “Bu nimasi?”,-dedilar. U: “Madorsizlikdan”, -dedi. Shunda U kishi (sollallohu alayhi va sallam): “Uni echib tashla! Chunki u seni madorsizligingni ziyoda qiladi xolos. Agar shu holatingda vafot etsang, hech qachon najotga erisholmasding”-dedilar”. Ahmad zaif bo‘lmagan sanad ila rivoyat qildi.(Ahmad (4/445), Ibn Mojja (2/1167), Ibn Hibbon (1410), Hokim (4/216) sahih dedi va Zahabiy unga muvofiq bo‘ldi).Biz musulmonlar jamoasi yaxshilik va yomonlik Allohdan deb iymon keltirib, payg‘ambarimiz s.a.v ko‘rsatib bergan sababiyatlarni olmasdan, qanaqadir metal braslet taqib yurishimiz shariat nuqtai nazaridan to‘g‘rimi???
 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Siz keltirgan hadisni ulamolarimiz, "Hozirda bizning xalqimizda tarqagan, Qur’on va hadisda zikri kelmagan tumorlar taqishiga tegishli" deganlar. Siz aytib o‘tgan braslet taqayotganlar esa bu fikrda taqmayotanlari aniq. Chunki ular buni aqiydaga bog‘lamaydilar, aksincha buni tibbiyotga tegishli deb bilishadi. Ammo shar’an kumush uzukdan tashqari metallardan yasalgan uzuk, braslet kabilarni taqish-taqmasligi yoki ayollar taqib erkaklar taqmasligi borasida mazhab ulamolarining ixtiloflari bor. Hanafiy ulamolari erkagu-ayollarga tillo va kumushdan boshqa metaldan yasalganlarni taqish joiz emas, erkaklar esa kumush uzukdan boshqasini taqish joiz emas – deganlar. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 21:32 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar