Ko‘z zinosidan tiyilish
Assalomu alaykum! Erga qarab yurgan inson shayton fitnasidan, ya’ni ko‘z zinosidan tiyilib ajr olalodimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haromga qarash harom, haromni tark qilish ulkan savobli ishdir. Bunday kishi Alloh farz qilgan amalni bajargan bo‘ladi. Chunki Alloh taolo “Nur” surasi 30-oyatida “Mo‘minlarga ayt, ko‘zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan o‘ta xabardordir” deb marhamat qilgan. Bu oyat ko‘zni haromdan tiyishni farz qilgan. Dunyo va oxiratda kim baxtli bo‘ladigan bo‘lsa, u Allohning buyruqlariga bo‘yinsunib baxtli bo‘ladi. Kim badbaxt bo‘lsa Allohning buyruqlariga itoat qilmagani uchun bo‘ladi. Hattoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haromni tark qilgan kishiga qalbida halovatini topadigan iymonni berilishini aytganlar. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 21:41 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar