Ish vaqtida namoz o‘qish to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Men zavodda gruzchik bo‘lib ishliman. Hozir qish fasliligi uchun kunlar qisqa va kunduzgi namozlar vaqti bir biriga juda yaqin. 13:00 dan 16:40 gacha bo‘lgan vaqtda peshin, asr, shom namozlarini o‘qimiz, bazi xolatlarda shu vaqt oralig‘ida yuk mashinalariga yuk yuklaymiz yoki yuk tushuramiz, namoz vaqti bo‘lganda ishni tashlab namozga kirsak xonamizga, master qaerga ketyapsan ish vaqtida deb so‘raydi. Agar namoz o‘qigani desak ishdan keyin deydi, xojatga desak tez borib kel deydi. 5 kishi ishlimiz 2 kishi navbatdan namoz o‘qimiz. Shunday xolatlarda qanday yul tutsak shariatga muvofiq. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namoz o‘qishga vaqtni Alloh taolo ajratgan. Yo‘lini topib o‘qib olish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:32 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar