Azonga behurmatlik

Assalomu alaykum! Kecha bir voqea bo‘ldi, bomdod namozi vaqti 45 yoshlarga kirgan odam bilan urushib qoldim. Azon o‘qilish payti u odam telefonini bor ovozi bilan musiqa qo‘shiq qo‘ydi, men o‘chiring azon o‘qilyapdi dedim. U o‘chirmayman, senga nima dedi. Men gunoxga kirasiz o‘chiring dedim, u gunoxi meni bo‘ynimga, ishing bo‘lmasin dedi. Musiqani balandligidan azonni eshitolmayotgan edim, jahlim chiqib sen munofiqsan, Allohdan qo‘rqmagan va azonni hurmat qilmaganing uchun munofiqsan dedim. Shundan keyin o‘yladim kimnidir munofiq deyish gunox emasmikan deb. Men gunox qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri qilgansiz. Kimdir ularga aytish ham kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar