Mayyit yuvilgandagi amallar
Assalomu alaykum! Mayyit yuvilganda o‘qiladigan duo va qanday amallar qilish haqida ma’lumot berolasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! MAYYINTI ChO‘MILTIRISh VA KAFANLAShNING SAVOBI. عَنْ أَبِي رَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ غَسَلَ مَيِّتًا فَكَتَمَ عَلَيْهِ غُفِرَ لَهُ أَرْبَعِينَ مَرَّةً، وَمَنْ كَفَّنَ مَيِّتًا كَسَاهُ اللهُ مِنْ سُنْدُسِ وَإِسْتَبْرَقِ الْجَنَّةِ، وَمَنْ حَفَرَ لِمَيِّتٍ قَبْرًا وَأَجنه فِيهِ أُجْرِيَ لَهُ مِنَ الأَجْرِ كَأَجْرِ مَسْكَنٍ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ الْحَاكِمُ Abu Rofi’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim mayyitni g‘usl qildirib(undagi ba’zi kamchiliklarni ko‘rib qolsayu), yashirsa, uni qirq bor mag‘firat qilinadi va kim mayyitni kafanlasa, Alloh taolo unga jannatning sundus va istabroq(harir va yupqa ipak)dan kiyim kiydiradi va kim mayytiga qabr kavlasa va uni qabrga qo‘ysa, qiyomatgacha bir maskanni ijaraga berganning ajri unga yozilib turadi”, dedilar".
Hokim rivoyati. MAYYITNI KIM ChO‘MILTIRADI?Mayyitni cho‘miltirishning haqi hammadan avval, uning yaqinroq qarindoshlariga bo‘ladi. Ular o‘zlari cho‘miltirganlari va mayyit ayolni yaqin qarindosh ayol cho‘miltirganlari yaxshiroqdir. Chunki bu o‘z azizining oxirgi xizmatidir.
Biror boshqa shaxs ham cho‘miltirsa bo‘ladi, lekin erkakni zarur masalalardan voqif va dindor erkak va ayolni shu kabi ayol g‘usl qildiradi.
Biror kishiga ujra berib ham mayyitni g‘usl qildirsa bo‘ladi, lekin, ujra olib g‘usl beruvchi savobning mustahiqqi bo‘lmaydi, garchi ujra olish joizdir.
Agar bir erkak o‘lsa va erkaklarning ichidan biror cho‘miltiruvchi bo‘lmasa, xotinidan boshqa biror bir ayol uchun unga g‘usl bermog‘i joiz emas. Garchi mahrami bo‘lsa ham. Agar xotini ham bo‘lmasa, ayollar uni tayammum qildiradilar, g‘usl qildirmaydilar. Lekin tayammum qildiruvchi ayollar mayyit uchun mahram bo‘lmasalar, uning badaniga qo‘l tegizmaydilar. Balki o‘z qo‘llariga qo‘lqopni kiyib, tayammum qildiradilar.
Biror kimsaning eri vafot topsa, ayoliga uning chehrasini ko‘rish, cho‘miltirish va kafanlash durustdir va agar xotini vafot topsa, eriga uni cho‘miltirishi, uning badanini ushlash va qo‘l tekkiz durust emas. Albatta ko‘rish durust va matoning ustidan qo‘l tekkizishi va janozasini ko‘tarish ham joizdir.
Agar biror balog‘atga etmagan o‘g‘il bola vafot etsa va u hanuz shunchalik kichik bo‘lsaki, uni ko‘rishdan shahvat bo‘lmasa, bas, erkaklar kabi ayollar ham shunday bolaga g‘usl bersa bo‘ladi. Va agar balog‘atga etmagan qiz vafot etsa va u shunchalik yosh bo‘lsaki uni ko‘rishdan shahvat bo‘lmasa, bas, shunda yosh qizni ayollar kabi erkak ham g‘usl bersa bo‘ladi.
Albatta balog‘atga etmagan o‘g‘il bola va qiz bola shunday katta bo‘lsaki, ularni ko‘rishdan shahvat bo‘lsa, bas, o‘g‘il bolani erkak va qiz bolani ayollargina g‘usl beradi.
G‘usl beruvchi tahoratli bo‘lgani yaxshidir.
Qaysi bir shaxs junub holida yoki qaysi bir ayol hayz yoki nifosda bo‘lsa, ular mayyitga g‘usl bermaydi, chunki ularning g‘usl bermog‘i makruhdir.
G‘USL BERUVChILAR UChUN BIR QANChA KO‘RSATMALAR.
1-Bu kitobda quyida qanday tariqa yosilsa unga muvofiq g‘usl beriladi.
2-G‘usl uchu qaysi narsalarning ro‘yxati oldin yozilgandi, o‘shalarni hamma narsani o‘z oldiga jam qiladi.
3-G‘uslbermoq uchun sidrning bargini tashlab issiq suv tayyor qilasiz. Qachon yarim issiq bo‘lganda undan g‘usl berasiz. Agar sidrning bargi muyassar bo‘lmasa, bas, bu oddiy yarim issiq suv kifoya qiladi.
4-O‘ta issiq suvdan g‘usl bermaysiz.
5-G‘usl berish uchun uyning chelagini iste’mol qilinaveradi, garchi u ishlatilgan bo‘lsa ham. Yangi chelak talab qilish zaruriy emas.
6-Qaysi joy g‘usl beriladigan beriladigan bo‘lsa, u shunday bo‘lsin-ki suv oqib tarqalmasin. Aks holda kishilarga yurish, o‘tishda ozor bo‘ladi.
7-Qaysi joyda g‘usl berilsa, o‘sha erdaparda bo‘lmoq lozim.
8-Mayyitning sochlarini taramaydi, tirnog‘ini olinmaydi va biror joyining tukini kesilmaydi, hammasini o‘shandoq qoldiriladi.
9-Agar cho‘miltirilyapganda mayyitning biror bir aybini ko‘rsangiz, bas hech kimga aytmanglar. Agar Xudo asrasin, vafotidan uning chehrasi o‘zgarsa yoki qora bo‘lib qolsa, bas buni ham aytmang va umuman uni shov-shuv qilmang-ki ularning barchasi joiz emasdir.
10-Va agar biror bir yaxshi alomatni ko‘rsangiz, masalan chehraning nuroniyati, tabassum va boshqasini, bas uni zohir qilmoq mustahabdir.
11-Qaysi shaxs suvda cho‘kib yoki o‘tda kuyib halok bo‘lsin yoki kofirlar bilan jangda shahid bo‘lsin yoki nohaq qatl qilingan bo‘lsin yoki biror bir hodisada uni bo‘lak-bo‘lak bo‘lgan bo‘lsa yoki homilaning tushishi bo‘lgan bo‘lsa yoki bola o‘lik paydo bo‘lgan bo‘lsa, bas uning g‘usl, kafan, dafn va boshqa masalalari shu kitobning beshinchi bobida ko‘rinadi.
12-Agar suv bo‘lmaganligi sabab biror mayyitni tayammum qildirilgan bo‘lsa, va so‘ng suv topilsa, bas unga g‘usul berilmoq lozimdir. MAYYINI G‘USL QILDIRIShNING BATAFSIL YO‘LI Avvalo mayyitni yotqizilib yuviladigan taxtani uch yoki besh yoki etti bor lo‘bon (xushbo‘y tutatqi) bilan xushbo‘ylantiriladi va taxta ustiga mayyitni yotqiziladi. Mayyitning o‘ng tomoni qibla tarafiga bo‘lgani afzal. Buning imkoni bo‘lmasa, imkoni boricha yotqiziladi.
So‘ng mayyit ustidan kiyim(ko‘ylak, ishton va ich kiyim)lari echib olinadi. Avrat joyidagi kiyimini echishdan avval suv tekkanda avrat namoyon bo‘lmaydigan, kindigidan tizzasigacha yopib turadigan matoni ustiga tashlanadi.
Masala: Kindik ostidan tizzasiigacha mayyitning a’zosiga nazar qilish, qo‘lqopsiz qo‘lini tekkizish joiz emas. Mayyitni istinjo qildirish va g‘usl qildirishda qo‘lga qo‘lqop kiyib yoki biror lattani o‘rab olib qilinadi. Chunki tirikligida qarash, qo‘l tekkizish joiz bo‘lmagan joylarga vafot etganidan keyin ham qo‘lqopsiz qo‘l tekkizish hamda qarash joiz emas.
Masala: G‘uslni boshlashdan avval mayyitni bir oz o‘tirishga yaqin qilinadi va qornini ohista silab, ichidagi (bavl va boshqa chiqindilar) chiqariladi. Kesak yoki suv bilan istinjo qildiriladi. So‘ng tahorat qildiriladi. Avvalo suv bilan mayyitning qo‘li yuviladi. So‘ng biror bir lattani xo‘llab, lab va milklariga suv uch bor etqaziladi. Keyin lattani xo‘llab burin teshiklari uch marta artiladi. Lekin g‘usl vojib yoki hayz-nifos holatida vafot etsa, og‘zini ochib suv quyiladi va lattaga shimdirib olinadi. Burniga ham shunday qilinadi.
So‘ng burun, og‘iz va qo‘loqlarga suv kirib ketmasligi uchun paxta tiqib qo‘yiladi. Keyin yuzini uch bor yuviladi. So‘ng ikki qo‘lini chig‘anoqlari bilan qo‘shib uch bor yuviladi. So‘ng boshga mash tortiladi. So‘ng uch bor oyoqlarini yuviladi.
Tahorat qildirib bo‘lingach, boshi (erkak kishi bo‘lsa, boshi bilan birga saqoli)ga guli xayr yoki xitmiy yoki ular bo‘lmasa xushbo‘y sovun surtib yuviladi.
So‘ng mayyitni chap tarafga yonboshlatib, iliq suv bilan suv etgan joylarigacha uch bor yuviladi. So‘ng o‘ng tarafga yonboshlatib, qolgan joylarini uch bor yuviladi.
Undan keyin agar g‘uslning avvalida qornidagi chiqindilar chiqarib yuborilmagan bo‘lsa, bir oz o‘tirishga yaqin qilinadi va qornini ohista silab, ichidagi (bavl va boshqa chiqindilar) chiqariladi. Kesak yoki suv bilan istinjo qildiriladi. Qilingan tahorat va g‘uslni qayta qilishga hojat yo‘q. Chunki ichidan chiqqan nopok narsalar mayyitning ttahorat va g‘uslini ketkazmaydi.
So‘ng mayyitni chap tarafga yonboshlatib, ustidan kofur qo‘shilgan suvni boshidan oyog‘igacha suv etgan joylarigacha uch bor yuviladi. So‘ng o‘ng tarafga yonboshlatib, qolgan joylarini uch bor yuviladi. Keyin mayyitning badanini quruq mato bilan artiladi. Kindigidan tizzasigacha yopilgan lo‘ngini qurug‘iga almashtiriladi.
So‘ng kafan yozilgan joyga olinadi. Uning batafsil bayoni kelgusida keladi.
Masala: Yuqori bayonini qilingan g‘uslning uslubi sunnat amal bo‘lib, agar uch marta yuvishning imkoni bo‘lmasa, butun badanga bir bor suv etkazib chiqilsa ham g‘uslning farzi ado bo‘ladi.
Masala: G‘usl qildirish tiriklarni vazifasi bo‘lgani uchun ham jasad yomg‘irda qolib yoki qandaydir yo‘l ila butun badani xo‘l bo‘lsa, g‘uslning o‘rniga o‘tmaydi. Alohida g‘usl qildirish farz bo‘ladi. Shuningdek suvga cho‘kib o‘lgan kishini ham g‘usl qildirish farzdir. Uning uchun jasadni suvdan chiqarib olishdan avval g‘usl qildirish niyati ila uni suvga uch bor to‘liq cho‘mib olinadi. G‘USL QILDIRUVChINING KEYIN O‘ZI HAM G‘USL QILIB OLIShI. Mayyitni g‘usl qildiruvchi keyin o‘zi ham g‘usl qilmog‘i mustahabdir. عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ غَسَّلَ مَيِّتًا فَلْيَغْتَسِلْ، وَمَنْ حَمَلَهُ فَلْيَتَوَضَّأْ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
“Kim mayyitni yuvsa, g‘usl qilsin va kim uni ko‘tarsa, tahoart qilsin”, dedilar”.
Bayhaqiy rivoyat qilgan. MAYYITGA G‘USL QILDIRISh VA KAFANLAShNING FAZILATIوَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كُفِّنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي ثَلَاثَةِ أَثْوَابٍ يَمَانِيَّةٍ بِيضٍ سَحُولِيَّةٍ مِنْ كُرْسُفٍ لَيْسَ فِيهَا قَمِيصٌ وَلَا عِمَامَةٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam paxtadan bo‘lgan toza uchta yamaniy kiyimga kafanlandilar, ularning ichida ko‘ylak ham, salla ham yo‘q edi».
Beshovlari rivoyat qilganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْبَسُوا مِنْ ثِيَابِكُمُ الْبَيَاضَ، فَإِنَّهَا مِنْ خَيْرِ ثِيَابِكُمْ، وَكَفِّنُوا فِيهَا مَوْتَاكُمْ، وَإِنَّ خَيْرَ أَكْحَالِكُمُ الْإِثْمِدُ يَجْلُو الْبَصَرَ وَيُنْبِتُ الشَّعَرَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kiyimlaringizdan oqini kiying. Albatta, ular kiyimlaringizning xayrlisidir. Hamda ular ila o‘liklaringizni kafanlanglar. Chunki surmalaringizning yaxshisi ismiddir. U ko‘zni ravshanlashtiradi va kiprikni o‘stiradi», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 205 | Duolar