Otin oyilar hadislari

Assalomu alaykum! Bir otin oyining ma’ruzalarida o‘rgimchak isini olsa qo‘y so‘yib tarqatganni savobini olishi, shimni tik turib kiymaslik, suv tomgan ovqat esa faromushlik kasaliga uchrashi, qiblani hurmatidan u tomonga supurmasa qori farzand ko‘rishi haqida eshitdim. Bularni payg‘ambarimizdan hadis deb aytdi. Bular rostdan umuman noto‘g‘ri qilinishi kerak bo‘lmagan narsalarmi yoki sahih darajasida bo‘lmagan hadislarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hammasi bekor gaplar. Bular haqida sahih hadislarda kelmagan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar