Taloq, idda, zino
Assalomu alaykum! Ustozlar ilmingiz ziyoda bo‘lsin. Bir kishi navbati bilan 1-2 va 3taloq qo‘ygan bo‘lsayu, lekin idda chiqmasidan oldin talog‘ini bergan ayoli bilan qo‘shilsa. Bu holatta ular zino qilishgan bo‘lishadimi yoki idda ichida bo‘lgani uchun bu holat zinoga kirmaydimi? Eng avval taloq hukmi nozil bo‘lgan vaqtlarda 3 taloq 1 taloq hukmida bo‘lgan, degan rivoyat bormi? Bu juftlarda o‘rtada farzandlari bor. Birga qaytib yashash niyatidalar. Sha’ran bu holatga nima deyiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zino hisoblanadi. Bir vaqtda uchta lafz bilan yoki bir lafz bilan uch taloq qo‘yish masalasi yangi masala emas. Sahobalar davrlaridan boshlangan edi. Umar roziyallohu anhuning zamonalarida ikki holatda ham uch taloq tushishiga ijmo’ qilingan. Sahobalarning hammalari shunga rozi bo‘lishgan. So‘ziga e’tibor qilinadigan birorta faqih bir taloq tushadi deb aytgan emas. Dalillarini ham to‘laligicha o‘rganilib fuqaholar uch taloq tushishiga fatvo berganlar. Afsuski faqat sahih hadislargagina suyanamiz deganlar esa hadislarning tahqiqotining natijasiga rozi bo‘lishmay ulamolar ijmo’ qilgandan boshqasini tanlashmoqda. O‘zingiz aytingchi, hozir Hazrati Umar roziyallohu anhu tirik bo‘lib “Uch taloq birdan aytsa uch taloq tushadi” desalar nima deysiz? U zot tirikliklarida shunday deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:06 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush