Namoz o‘qiydigan xona

Assalomu alaykum! Allohimga shukurki men yaqinda namoz o‘qishni boshladim. Shu o‘rinda turli gaplar eshitdim va o‘ylanib qoldim. Men hozir faqat bomdod namozini o‘qiyman, aytishlaricha agar 5 vaqt namoz o‘qimasa bir mahal namoz o‘qiganini foydasi yo‘q ekan namoz qabul bo‘lmas ekan shu gap rostmi? 2). Namoz o‘qiydigan xonada namoz o‘qishdan oldin qaerda ko‘zgu bo‘lsa uni ustini yopib qo‘yish kerak ekan shu narsa dinda bormi? Javobingiz uchun oldindan rahmat! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin Amin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qabul bo‘lmaydi deganlar shaytondek fikrlar ekan. Shayton ham bandaning qilib turgan ibodatidan qaytaradi. Uning o‘rniga qolganini ham o‘qing deyishi kerak.
2). Yopsin degan joyi yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:06 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar