Do‘stimning otasini qilgan ishlari to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, do‘stim menga aytib qoldi otam bitta nonni 200 so‘m qimmatga olsam shu arzimagan pul uchun xam meni rosa urishadilar dedi. Yana bozorga chiqqanda bitta narsani olish uchun savdogar bilan yarim soat savdolashar ekan, do‘stim otasi bilan bozorga borishga uyalarkan. Do‘stimning otasi qilayotgan ishlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zi ota bo‘lib, pul topib, oila tebratib va mas’uliyatni zimmasiga olganida keyin biladi. Ota-ona muhokama qilinmaydi. Oilani ichidagi gapni tashqariga olib chiqish ham oqil odamning ishi emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:14 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat