Namoz vaqtida o‘qishga iymonimning kuchi etmayapti
Assalomu allaykum Man 5 mahal namoz vaqtida o‘qishga iymonimning kuchi etmayapti. Alloh kechiradi, Alloh ko‘rguvchi, Allohni marhamati keng degan fikr hayollar namozlarimni qazo qilishimga sabab bo‘lib qolmoqda. Lekin bilaman Allohim, shukr qilgan, ibodat qilgan insonlariga marhamat qiladi. Menga bir duo o‘rgating, har gal shu duoni o‘qiganimda menga jahannamning qiynoqlarini eslatib tursin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni qoldirganlar jazosi uchun aytilgan oyat bor. Oxiratning bir kuni bu dunyoning ming yiliga teng bo‘lishi haqida ham. Aynan siz keltirgan hadisni bilmadik.فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَالَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki… 5. Ular namozlarini unutuvchilardir. Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi:وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ 47. Sendan azobning tezroq kelishini so‘rarlar. Holbuki, Alloh va’dasiga zinhor xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir.
Solihlarning safiga qo‘shiling. Alloh taolo bu ish muhim ekanligi uchun oyati bilan buyurgan. Ko‘proq ro‘za tuting, zikr va istig‘forlarda bardavom bo‘ling. Alloh taolo “Tavba” surasida: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ 119. Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar! deb marhamat qiladi.
Oyatdagi sodiqlar bilan taqvodorlarning ma’nosi birdir. Abrorulhaq rohmatullohi alayh bunga:لَّيْسَ الْبِرَّ أَن تُوَلُّواْ وُجُوهَكُمْ قِبَلَ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ وَلَكِنَّ الْبِرَّ مَنْ آمَنَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَالْمَلآئِكَةِ وَالْكِتَابِ وَالنَّبِيِّينَ وَآتَى الْمَالَ عَلَى حُبِّهِ ذَوِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ وَالسَّآئِلِينَ وَفِي الرِّقَابِ وَأَقَامَ الصَّلاةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَالْمُوفُونَ بِعَهْدِهِمْ إِذَا عَاهَدُواْ وَالصَّابِرِينَ فِي الْبَأْسَاء والضَّرَّاء وَحِينَ الْبَأْسِ أُولَئِكَ الَّذِينَ صَدَقُوا وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُتَّقُونَ Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki mag‘rib tomonga burishingizgina emas. Lekin yaxshilik – Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, nabiylarga iymon keltirgan va molini yaxshi ko‘ra turib, yaqin qarindoshlarga, etimlarga, miskinlarga, yo‘qsil yo‘lchiga, tilanchilarga va qul ozod qilishga bergan hamda namozni to‘kis ado etgan, zakotni bergan kishi hamda ahd qilganda, ahdiga vafo qiluvchilar, yo‘qchilik, qiyinchilik va shiddat vaqtida sabr qiladiganlarnikidir. Ana o‘shalar sodiq bo‘lganlardir. Ana o‘shalar, o‘shalargina taqvodorlardir. («Baqara» 177-oyat) — oyatini dalil qilib keltirganlar. Demak kim sodiq bo‘lsa, o‘sha muttaqiydir va kim muttaqiy bo‘lsa, o‘sha sodiqdir. Shuning uchun mashoyixlar “sodiqlar bilan birga bo‘linglar” degan amrni “muttaqiylar bilan birga bo‘linglar” deb tafsir qilganlar. Ya’ni taqvo ahlining suhbatida bo‘linglar! Toki sizning qalbingizda ham ulardagi taqvo paydo bo‘lsin” deganlar. Chunki har narsaning o‘z egasi va tarqatuvchisi bo‘ladi. oziq ovqat kerak bo‘lsa, oziq ovqat do‘koniga boriladi, kiyim kechak kerak bo‘lsa, kiyim kechak do‘koniga boriladi. Huddi shuningdek Alloh taoloni topmoqchi bo‘lgan Uni topganlar huzuriga borishlari kerak bo‘ladi. Alloma Olusiy rohmatullohi alayh yuqoridagi oyatning tafsirida: “Shu erda ularning huzurida qancha vaqt birga bo‘lishimiz kerak, buning biror chegarasi bormi? degan bir savol paydo bo‘ladi. Bunga javob shuki, ular huzurida gunohdan saqlanishda, amallarga odatlanishda va ko‘zni nomahramlardan tiyishda ular kabi bo‘lguncha turish kerak” deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:15 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar