O‘z-o‘zidan taloq tushadimi

Assalomu alaykum! Turmushdan ajraganimga 13 yil bo‘ldi, qizim bor. Sobiq erim biror marta bizdan xabar olmagan, xattoki o‘z qizini tanimaydi, qizim xam otasini tanimaydi. U boshqa ayolga uylangan. Men xam endi turmushga chiqmoqchiman, lekin ajrashgan vaqtimizda erim taloqsan demagan. U manga azob berish uchun xam taloqsan demaydi. Doim qochib yuradi, 13 yildan beri biror marta ko‘rmadim. Maxallamiz imomini aytishlaricha, er xotin uzoq yillar aloxida yashasa, er xotini va bolasini eyishi, kiyishi, yashashiga qaramasa o‘z o‘zidan taloq tushadi dedilar. Chindanam shundaymi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom noto‘g‘ri aytibdi. O‘z o‘zidan taloq tushmaydi. Mahalla oqsoqoliga aytasizmi yoki davlat idoralarini o‘rtaga solasizmi nima qilib bo‘lsa ham talog‘ingizni olishingiz shart. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:03 | Savol-javoblar | 134 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar