Zinoning qarzligi

Assalomu alaykum! Men taksichi bo‘lib ishlayman. Goxida yo‘lovchi bolalar mashinaga o‘tirganda zino qiladigan ishratxonaga olib borishimni so‘rashadi. Shunda men ularni mashinamga o‘tqazdirib, ularga va’z nasixat qilaman. Zino bu katta gunox va qarz deb aytaman. Alloh taolo albatta bu dunyoda oilangdan qaytaradi deb ularni bu yo‘ldan qaytaraman. Shu aytayotganim shar’an to‘g‘rimi yolg‘onchi bo‘lib qolmayapmanmi? 5 ta xolatdan 4tasida fikrlab, o‘ylanib qolib uyiga qaytib ketganlar bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qani endi boshqalar ham siz kabi ish tutganlarida edi, jamiyatimiz yanada go‘zal va barakotga to‘lgan bo‘lar edi. Farz ibodatini qilgani uchun olinadigan savobni bilamiz va uni olishga harakat qilamiz. Haromdan qaytganlikning savobi to‘g‘risida ko‘pchilik bilmaydi. Ayni o‘sha holat ya’ni sizni so‘zlaringiz tufayli haromdan tiyilishi Allohga juda ham mahbub amaldir. Farzni ado qilish ishidan ham qiyinroq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida zino qilishga qodir bo‘laturib va imkoniyati bo‘laturib ayol kishi uni bu ishga chorlaganda “Men Allohdan qo‘rqaman” desa qiyomat kuni Arshning soyasida bo‘ladi – deganlar. Bunga sabachi bo‘lgan ham bundan kam bo‘lmaydi. In shaa Alloh. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar