Mujodala surasidagi zixor
Assalomu alaykum muhtaram ustozlar! Muhtaram ustozlar Qur’oni Karimning Mujodala surasi 2-oyatida o‘z xotinlaridan zixor qilganlar haqida so‘z boradi. Bu erda «zixor qilish» so‘zining ma’nosi qandayligini aytib bersangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! ZIHOR HAQIDAGI FASL Xotinning taloq nisbat bersa bo‘ladigan narsasini (a’zosini) o‘z mahramining qarash harom bo‘lgan bir a’zosiga o‘xshatish zihordir. Zihor kafforat berilguncha ayolga yaqinlikni va shunga oid ishlarni harom qiladi. «Sen men uchun xuddi onamdeksan», deganda ehtirom, zihor va taloq niyati to‘g‘ri bo‘ladi. Agar hech narsani niyat qilmagan bo‘lsa, behuda bo‘ladi. «Sen menga onamdek haromsan», deganda zihor yoki taloqni niyat qilgan bo‘lsa, niyatiga yarasha bo‘ladi. Hech narsani niyat qilmagan bo‘lsa, Abu Yusufning nazdida iylo, Muhammadning nazdida zihor bo‘ladi. Ayollariga «Hammangiz menga onamning orti kabisiz», deganda har biri uchun alohida kafforat vojib bo‘ladi. Kafforat ayolga qaytish, ya’ni unga jinsiy yaqinlik qilishga azmu qaror qilish bilan vojib bo‘ladi. Kafforat qulni ozod qilish bilan bo‘ladi. Ko‘zi ojiz, ikki qo‘li, ikki oyog‘i, ikki bosh barmog‘i yoki bir tarafdagi qo‘l-oyog‘i kesilgan, majnun, mudabbar, ba’zi badalini ado qilgan mukotab kabi manfaati bo‘lmagan yoki sheriklik qulning yarmini ozod qilib, keyin yarmini ozod qilishga zomin bo‘lsa yoki o‘z qulining yarimini ozod qilib, «Qolganini ayolga yaqinlik qilgandan keyin», desa bo‘lmaydi. Agar qul ozod qilishdan ojiz bo‘lsa, Ramazondan va ro‘za tutish man qilingan kunlardan boshqa vaqtda ikki oy ketma-ket ro‘za tutadi. Agar og‘zini ochib yuborsa, yangitdan qayta boshlaydi. Shuningdek, ayoliga kechasi qasddan, kunduzi umuman yaqinlik qilganda ham. Agar bundan ham ojiz bo‘lsa, oltmish miskinga taom beradi. Har biriga sadaqai fitr miqdorida yoki uning qiymatini beradi. Agar ularga tushlik va kechki ovqat qilib berib, qorinlarini to‘ydirsa, yoxud bug‘doydan bir man, xurmo va arpadan ikki man bersa, yoki bir kishini ikki oy to‘ydirsa joizdir. Bir kishiga bir kunda ikki oylik miqdoridagi narsani bersa bo‘lmaydi. «Zihor» so‘zi «zohr» o‘zagidan olingan bo‘lib, insonning orqa (bel) tomoniga aytiladi. Shariatda esa erning o‘z xotiniga: «Sen men uchun onamning orqa (bel) tomoni kabisan», deyishiga zihor deyiladi. Bu gap «Xotinim onamdek bo‘lsin», to‘g‘rirog‘i, «Xotinim menga onam kabi harom bo‘lsin», degan ma’noni anglatadi. «Muxtasari Viqoya»ning sohibi zihorni quyidagicha ta’riflaydi: Xotinning taloq nisbat bersa bo‘ladigan narsasini (a’zosini) o‘z mahramining qarash harom bo‘lgan bir a’zosiga o‘xshatish zihordir. Musulmon erkak o‘z xotinini yoki uning asosiy a’zolaridan birini nasab, qudachilik va emikdoshlik yo‘li bilan nikohi o‘ziga abadiy harom bo‘lgan ayolning nazar solish harom bo‘lgan a’zolaridan biriga o‘xshatsa, zihor qilgan bo‘ladi. Zihor kafforat berilguncha ayolga yaqinlikni va shunga oid ishlarni harom qiladi. Ya’ni xotinidan zihor qilgan odam kafforat bermay turib uni ushlashi, quchoqlashi, o‘pishi va u bilan jinsiy yaqinlik qilishi haromdir. Bu hukmning dalili va sharhi Qur’oni Karimda bayon qilingan. Alloh taolo Mujodala surasida shunday deb marhamat qiladi: وَالَّذِينَ يُظَاهِرُونَ مِن نِّسَائِهِمْ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا قَالُوا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مِّن قَبْلِ أَن يَتَمَاسَّا ذَلِكُمْ تُوعَظُونَ بِهِ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ «Xotinlaridan zihor qilganlar so‘ngra aytganlaridan qaytsalar, qo‘shilmaslaridan avval bir qul ozod qilsinlar. Bu va’zlanishingiz uchundir. Alloh nima amal qilayotganingizdan o‘ta xabardordir» (3-oyat). Ushbu oyati karimaning hukmiga binoan, xotinidan zihor qilgan er o‘z ishidan afsuslanib, qayta yarashishni qasd qilsa, er-xotinlik munosabatlarini yangitdan boshlashdan oldin bir qul ozod qilish ila kafforat berib, gunohini yuvishi lozim. Kelasi oyatda zihor kafforati hukmi davom etadi. فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ مِن قَبْلِ أَن يَتَمَاسَّا فَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ فَإِطْعَامُ سِتِّينَ مِسْكِينًا ذَلِكَ لِتُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ وَلِلْكَافِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ «Kim (qul) topmasa, bas, (qayta) qo‘shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro‘za tutsin. Kim (ro‘za tutishga) qodir bo‘lmasa, oltmish miskinni to‘ydirsin. Bu (hukm) Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bu(hukm)lar Allohning chegaralaridir. Kofirlarga esa alamli azob bor» (Mujodala surasi, 4-oyat). Alloh O‘z bandalariga nihoyatda mehribon. Hattoki gunoh qilganlarga ham mehr ko‘rsatadi, gunohlarini yuvishda oson yo‘lni ravo ko‘radi. Zihor qilganlar, kim bo‘lishidan qat’i nazar, «Albatta qul ozod qilsinlar», deb qo‘yaversa bo‘lardi, bunga U Zotning haqqi bor edi. Lekin bandalariga ozor bermaslik uchun, ularga engillikni xohlagani uchun, ba’zi bandalarining qul ozod qilishga qurbi etmasligini bilgani uchun: «Kim (qul) topmasa, bas, (qayta) qo‘shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro‘za tutsin», deb farmon berdi. Kuniga bir necha marta eb-ichishga odatlangan odamlar uchun uzluksiz oltmish kun ro‘za tutish ham unchalik oson ish emas. Kasallik yoki qarilik tufayli bu hukmni bajara olmaydiganlar chiqib qolishi tabiiy. Bunday kashilar qilgan gunohlari kafforatiga oltmish miskinni (kambag‘alni) to‘ydiradilar. «Kim (ro‘za tutishga) qodir bo‘lmasa, oltmish miskinni to‘ydirsin». Ularning o‘rtacha bir kunlik taomini yoki bir kunlik taomning qiymatini beradi. Oltmish kishini bir yo‘la to‘ydirishi ham shart emas. «Sen men uchun xuddi onamdeksan», deganda ehtirom, zihor va taloq niyati to‘g‘ri bo‘ladi. Agar hech narsani niyat qilmagan bo‘lsa, behuda bo‘ladi. Bir er o‘z xotiniga «Sen men uchun xuddi onamdeksan», deganida undan «Bu gapni aytganingda nimani niyat qilgan eding?» deb so‘raladi. «Ehtiromni niyat qilgan edim», desa, ehtirom bo‘ladi, «Zihorni», desa, zihor, «Taloqni», desa, taloq bo‘ladi. «Hech narsani niyat qilmagan edim», desa, hech narsa bo‘lmaydi. «Sen menga onamdek haromsan», deganda zihor yoki taloqni niyat qilgan bo‘lsa, niyatiga yarasha bo‘ladi. Hech narsani niyat qilmagan bo‘lsa, Abu Yusufning nazdida iylo, Muhammadning nazdida zihor bo‘ladi. Lekin jumhur ulamolari zihor bo‘lishiga ittifoq qilganlar. Chunki ayolni o‘zgaga o‘xshatish ila ta’kidli harom qilish zihor ekaniga hamma ittifoq qilgan. Ayollariga «Hammangiz menga onamning orti kabisiz», deganda har biri uchun alohida kafforat vojib bo‘ladi. Bir kishi birdan ortiq xotinidan zihor qilsa, zihor qilgan xotinlari sonicha kafforat berishi lozim bo‘ladi. Kafforat ayolga qaytish, ya’ni unga jinsiy yaqinlik qilishga azmu qaror qilish bilan vojib bo‘ladi. Zihor qilishning o‘zi bilan vojib bo‘lmaydi. Agar qaytmoqchi bo‘lmasa, yuraveradi. Faqat qaytishga azmu qaror qilgandagina kafforat vojib bo‘ladi. Kafforat qulni ozod qilish bilan bo‘ladi. Ko‘zi ojiz, ikki qo‘li, ikki oyog‘i, ikki bosh barmog‘i yoki bir tarafdagi qo‘l-oyog‘i kesilgan, majnun, mudabbar, ba’zi badalini ado qilgan mukotab kabi manfaati bo‘lmagan yoki sheriklik qulning yarmini ozod qilib, keyin yarmini ozod qilishga zomin bo‘lsa yoki o‘z qulining yarimini ozod qilib, «Qolganini ayolga yaqinlik qilgandan keyin», desa bo‘lmaydi. Mudabbar – xojasi «O‘lganimdan keyin ozodsan», deb aytib qo‘ygan qul. Mukotab – xojasi bilan ma’lum mablag‘ni to‘laganidan keyin ozod bo‘lishga shartnoma tuzgan qul. Kafforat uchun ozod qilinadigan qul to‘laqonli va sog‘-salomat, bust-butun odam bo‘lishi lozim ekan. Bu qavl Abu Hanifa rahmatullohi alayhining gaplari, imom Abu Yusuf va Muhammad esa: «Qulning yarmini avval, yarmini xotiniga yaqinlik qilganidan keyin ozod qilsa ham bo‘ladi», deganlar. Agar qul ozod qilishdan ojiz bo‘lsa, Ramazondan va ro‘za tutish man qilingan kunlardan boshqa vaqtda ikki oy ketma-ket ro‘za tutadi. Zihor kafforati ro‘zasini Ramazon oyi, ikki iyd va Qurbon hayitidan keyingi tashriq kunlaridan boshqa kunlarda ikki oy ketma-ket tutish lozim bo‘ladi. Agar og‘zini ochib yuborsa, yangitdan qayta boshlaydi. Shuningdek, ayoliga kechasi qasddan, kunduzi umuman yaqinlik qilganda ham. Hattoki bu ishlar oltmish kunning oxirgi kunlarida sodir bo‘lsa ham yana qaytadan ro‘za tutishni boshlash lozim bo‘ladi. Agar bundan ham ojiz bo‘lsa, oltmish miskinga taom beradi. Har biriga sadaqai fitr miqdorida yoki uning qiymatini beradi. Agar ularga tushlik va kechki ovqat qilib berib, qorinlarini to‘ydirsa, yoxud bug‘doydan bir man, xurmo va arpadan ikki man bersa, yoki bir kishini ikki oy to‘ydirsa joizdir. Bir kishiga bir kunda ikki oylik miqdoridagi narsani bersa bo‘lmaydi. Man – 815,39 gramm(2 iroqiy ratl)ga teng o‘lchov birligi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 494 | Qur’oni karim