Uy olish uchun bankdan pul olish

Assalomu alaykum! Uy oldik boshlang‘ich to‘lovini to‘lab. Endi esa qolgan xammasini to‘lashga keldi, bir tanishimning qarzi bor edi va sotmoqchi bo‘layotgan kvartiram xam bor edi lekin vaqt shuni taqazo qilib tezroq to‘lash kerak bo‘lib qoldi qarzdor tanishim pulni qilib berolmadi sotmoqchi bo‘lgan kvartiram sotilmay qolib quruvchilar to‘lovni amalga oshirishimni talab qildi yoki bank orqali rasmiylashtiramiz bizga kerakli mablag‘ni bank to‘lab beradi siz esa bankga oyma oy to‘lab berasiz deyishdi, bankning esa foizi bor edi. Rosa o‘ylanib yurdim siqilib nima qilishni bilmasdan kimdan so‘rasam xam aniq javob ololmadim. Oxiri rozi bo‘ldim agar qarzdor tanishim qarzini bersa va sotmoqchi bo‘lgan kvartiram tezroq sotilsa bankka barchasini to‘lab qutilib olaman degan fikr bor edi, lekin xali xam qarzini bermadi kvartira xam sotilmayapti borgan sari ko‘p o‘ylanib siqilyapman, riboga qo‘l urib qo‘ydim degan o‘y-xayol bilan. Bu ishim to‘g‘rimi iltimos javob bering?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boringizni to‘plab tezroq to‘lab qutiling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:35 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar