Achchiq ustida “3 taloqsan” dedim
Assalomu alaykum! Uylanganman, uch nafar farzandlarim bor. Bundan 6 , 7 yillar oldin xonadonimizda og‘ir kunlar boshlangandi. Otam og‘ir kasal, ruhiy istirobda qolgandim. Uydan ko‘chib chiqishimga to‘g‘ri keldi. Qaynonam bergan domga ko‘chib o‘tdim. 7 oy yashadim. To‘satdan ishlab turgan ish joyimdan bo‘shadim, qon bosimim ko‘tariladigan bo‘lib qoldim. Shifokorlar bir buyrak quriganini aytishdi. Uydagilar qaytib ko‘chib kelishimni aytishdi, ayolim unamadi. Janjallashdik. Itoat qilmagani uchun ayolimni o‘ldirmoqchi bo‘ldim, ruhiy holatim yaxshi emasdi. Har tarafdan qarshilik bo‘layotgandi. Achchiq ustida “3 taloqsan” dedim. Uydan chiqib ketib o‘zimga kelgandan so‘ng uyga qaytdim va ko‘chdik. Ayolim kechirim so‘ragach unga yaqinlashgim kelar, ammo taloq deganim esimga tushib yaqinlasholmasdim. Yurak infarkini ham o‘tkazdim. Shayx Hazratlarini taloq haqidagi ma’ruzalarini eshitib, taloq bizdayam bor. Nima qilay? Oilamni buzilishini istamayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Saytimizdagi uch taloq tushganligi haqidagi javoblar sizga ham tegishli. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:48 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Saytimizdagi uch taloq tushganligi haqidagi javoblar sizga ham tegishli. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:48 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush