Assosiy ish vaqtida ko‘shimcha ish qilish

Assalomu alaykum! Men bir davlat korxonasida buxgalter lavozimida ishlayman. Korxona bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan mening ish vaqtim 09:00 dan 18:00 gacha. Bazida shu vaqt oralig‘ida men korxona ishlariga taalluqli bo‘lmagan ishlar bilan, yani o‘zimga tegishli korxona ishlari bilan, xizmat haqimni olishga kelishgan boshqa tashkilot ishlari bilan, ularning hisobotlarini qilish va topshirish bilan bog‘liq jarayonlar bilan shug‘ullanib turaman. Ba’zida esa 18:00 dan keyin ishxonada qolib, yuqorida sanab o‘tilgan korxonaga tegishli bo‘lmagan ishlar bilan korxona kompyuteridan, uning internetidan foydalangan holda shug‘ullanib turaman. Savolim: Yuqoridagi xatti-harakatlarim shariatimiz qonun-qoidalariga zidmi? Bunday holatda qanday yo‘l tutishim kerak? Yuqoridagi vaziyatlarda asosiy ish beruvchimning haqqiga xiyonat qilyapmanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xos ishchi belgilangan ish vaqtida ish beruvchiga o‘z vaqti va mehnatini to‘laqonli topshirishi lozim. Umumiy kelishuvlarda ushbu vaqtdan faqatgina insoniy hojat, farz ibodat va taomlanish kabi zaruriy hojatlar istisno qilingan bo‘ladi. Ish vaqtida ish beruvchi sizga yumush topib bera olmasa ham uning ruxsatisiz shaxsiy ishingiz bilan shug‘ullanishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

16 Sentabr 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar